Istanbulda bir o`tkinchi rafiqasini do`pposlayotgan erkakka qo`l ko`tardi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Ayolni himoya qilgan yigit 29 yoshli bog`bon Emre Derebashi bo`lgan. U xotinini urayotgan erkakni bir yoqliq qilgach, odamlar polisiya chaqirgan.
Eng qizig`i, polisiya mahkamasida mushtumzo`r erkakni emas, Emre Derebashini so`roq-savol qilishgan.






