AsosiyDunyo

Gamburg aeroportida yo`lovchilar evakuasiya qilindi

'Gamburg aeroportida yo`lovchilar evakuasiya qilindi'ning rasmi

Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan aeroportda elektr tarmog`i bilan bog`liq muammo tufayli aeraportda qisman evakuvasiya jarayoni amalga oshirildi, deb xabar bermoqda TASS nashri.

Gamburg aeroportida elektr tarmog`idagi yuz bergan ayrim uzilishlar sabab yo`lovchilar bir qator noqulayliklarga duch kelishgan. Yuzlab odamlar bojxona yo`lagi, eskalatorlar va yopiq do`konlarda qolib ketgan. Mazkur holat samolyotning uchish-qo`nish yo`lagiga ham ta`sir ko`rsatgani sababli barcha reyslar bekor qilindi. Aeroport ijtimoiy tarmoqlar orqali kunning barcha qismlaridagi qatnovlar bekor qilinganini bildirgan.

– Biz tizim bilan bog`liq katta muammoga duch keldik. Elekrt tarmog`ining uzilishi aeroportning barcha faoliyatiga ta`sir ko`rsatdi. Afsuski, odamlarni o`z manzillariga vaqtida jo`natolmaymiz, – dedi aeroport mutasaddilaridan biri.

Hozirda muammoni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda. Yo`lovchilardan esa bino tashqarisida kutish talab qilinmoqda. Ularning ko`pchiligi mazkur holatdan norozi. Ba`zilar esa o`z manzillariga boshqa yo`llar orqali etib olishga urinishmoqda.

    Boshqa yangiliklar