2 iyun kuni Belarusda mahalliy fuqaro paraplanda uchayotganda erga qulab tushdi va elkasidan jiddiy jarohat oldi.
Belarus FVV xabar berishicha, voqea Minsk tumanidagi Loshana qishlog`ida ro`y bergan. Uchayotgan moslamaning arqoni uzilib ketgan, natijada paraplanchi Ivan Krasovskiyni elkasini yog`och xoda teshib o`tgan. 

Jabrlanuvchi selfiga tushib, rasmlarni Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi.

Erkak kasalxonaga etkazilgan va shifokorlar uning tanasidan yog`ochni jarrohlik yo`li bilan oldilar. Hozirda Krasovskiy o`zini yaxshi his qilayotgani ma`lum qilindi.







