Oq uy harbiy boshqarmasi tomonidan Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampning uchrashuvi oldidan esdalik tangalari chiqarildi, bu haqda Vox nashri xabar berdi.
"Bunday tarixiy jeton uslubidagi tangalarning chiqarilish ana`anasi uzoq yillardan bo`yon saqlanib qolgan. Mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar, diplomatlarga ushbu suvenir tangalar hadya qilinadi", - deydi Oq uy vakili Rey Shax.
Tangalar uch xil ko`rinishda - oltin, kumush va nikellangan ruhdan tayyorlangan.
Har bir tangada qo`l siqishish tasviri, hamda chap qismda KXDR, o`ng tomonda esa AQSh bayrog`i aks etgan. Yuqori tomonida esa “12.06.2018. Singapurdagi sammit” yozuvi tushirilgan.
Oltin tanganing qiymati 1380 Singapur dollari(1000 AQSh dollaridan ziyod), kumushiniki 118 SDR(88 dollar), nikellangan ruhdan qilinganiniki esa 36 SDR(27 dollar) qilib baholandi.






