Singapurda joriy yilning 12 iyun kuni bo`lib o`tadigan AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o`rtasidagi tarixiy uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda, deb xabar qilmoqda Rlanetanovosti.com nashri.
Mamlakatda Tramp va Kim nomli maxsus ichimliklar savdosi boshlangan. Yangi turdagi kokteylning tarkibi bilan birga ko`rinishi ham o`ziga xos. Ya`ni ichimlik har ikkala davlat bayrog`i ko`rinishida. Bu tur kokteylar turistlar e`tiborini tortmoqda. Mutaxassislarning fikricha, uni mazkur uchrashuvni qo`llab-quvdatlovchilar harid qilib iste`mol qilmoqda. Uning narxi 12,60 dollarni tashkil qiladi.
.





