AsosiyDunyo

Ottavada sayyohlar halokatga uchradi

'Ottavada sayyohlar halokatga uchradi'ning rasmi

Kanadaning Ottava shahrida xitoylik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi, deya ma`lum qilmoqda life.ru nashri.

Avtobusning bortida 37 kishi bo`lib, voqea tufayli ularniing 24 nafari turli darajada jarohat oldi. Sayyohlik kompaniyasiga tegishli avtobus Ottavadan Ontario shahri tomon yo`l olgan edi. Avtobus kutilmaganda ag`darilib yo`l chetiga chiqib qolgan.

Hodisaga haydovchining boshqaruvni yo`qotgani sabab bo`lgan, degan taxminlar bor. Polisiya mazkur holat yuzasida tergov ishlari boshlab yubordi.

    Boshqa yangiliklar