Denverda raqs tushayotgan FQB agenti tomoshabinlardan birini otib qo`ydi, deya ma`lum qildi Ren.tv nashri.
FQB agenti raqs tushayotib salto otgan. Shunda uning to`pponchasi erga tushadi. Qurolni olayotib agent tasodifan tepkini bosib yuboradi va o`q tomoshabinlardan biriga tegadi.
Hozircha jabrlanuvchining ahvoli yaxshi. Ushbu hodisa yuzasidan Denver polisiyasi tergov ishlarini olib bormoqda.






