1

Ro`za faqat ro`zadorni davolaydi!

Salomatlik 06.06.2018, 11:19
Ro`za faqat ro`zadorni davolaydi!

Har bir mavzuni isbot va dalillar mustahkamlaydi. Imkon boricha maqolamizda hayotiy voqeiylikni aks ettiramiz.

“Dastlab ortiqcha kilogrammlar meni unchalik bezovta qilmagan edi. Kunlarning birida bunday qarasam, ko`ylagim o`zimga nihoyatda tor kelib qolibdi... Vaznimni o`lchab ko`rsam 15 kg ortib ketgan ekanman. Shundan keyin ... nimalar qilmadim deysiz! Yugurib ham ko`rdim, parhez saqladim, lekin baribir vaznim tobora ortib ketaverdi. Oradan bir yil o`tdi. Tashqi ko`rinishim atrofimdagilarga nisbatan kulgu, goho achinish hissini uyg`otardi. Vaznimning o`zgarishi fe`limning o`zgarishiga ham sabab bo`ldi. O`zimning “tasqaraligimni”ni his qila boshladim, bu esa mening jahlimni chiqarar va odamlardan o`zimni olib qochadigan bo`lib qoldim. Endilikda vaznim 40 kg ortiq bo`lib, zinalardan chiqishim ham qiyinlashdi. Yurak ham notekis ura boshladi. Og`irligim 120 kg, haddan tashqari semirib, yog` bosib ketganman, o`zimni bemor va mutlaqo bebaxt odamdek his qilardim. Shunda so`ng oyning 13-14-15 va haftaning dushanba, payshanba kunlari ro`za tutishga odatlandim. Oradan biroz vaqt o`tib vaznim 80 kg ga tushdi. Ro`za tutish nafaqat ruhiyatimni, hatto tashqi ko`rinishimni ham ijobiy tomonga o`zgarishiga sabab bo`ldi” deya ro`za tutish orqali ko`rgan foydalarini o`zgalarga ham tavsiya qildi, singlimiz Nargiza.

So`nggi yillarda dunyodagi ko`pgina mamlakatlarda kasalliklarning oldini olish va davolash uchun o`zini ovqatdan sirish usulidan tobora kengroq foydalanilmoqda. Bu usul o`ziga xos jihatlarga ega. Eng muhimi, vaqti-vaqti bilan har oyning 13-14-15 kuni yoki haftaning dushanba va payshanba kunlarida ro`za tutishga odatlanish bir tomondan sunnat amal hisoblansa, ikkinchi tomondan tanamizni sog`lomlashtirishda asosiy omildir.

Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Milhon ibn Qaysga: “Qachon bir oydan uch kun ro`za tutadigan bo`lsang, o`n uch, o`n to`rt, o`n beshni tut”, dedilar.

Va yana Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan dushanba va payshanba kunlari ro`zasi haqida so`raldi. U zot: “O`sha kunda tug`ildim va o`sha kunda menga Qur`on nozil qilindi”, dedilar.

Shifokorlarning ta`kidlashicha, sariq kasalligiga chalingan odamlar jigarining tuzilishida ancha salbiy o`zgarish (kattalashgan yo kichraygan) bo`lar ekan. Yaqinda ko`rikdan o`tganimda shu narsa ma`lum bo`ldiki, sariq kasali bilan og`rigan bo`lsam-da jigarimning hech bir asoratsiz, yoshimga nisbatan ancha baquvvat va sog`lomligidan shifokor ham hayratlandi. Bunga guvoh bo`lgan turmush o`rtog`im esa sog`ligini tiklash maqsadida haftada ikki bor ro`za tutishni odat qildilar.

Aslida ko`plab kasalliklar me`yorni bilmaslik orqali paydo bo`ladi. Ro`za tutish orqali biz ikki tomonlama foydalarni ya`ni – oxirat savoblari va tanamizdagi ortiqcha bemorliklardan xalos bo`lamiz, inshoalloh!

Nilufar BOZORBOY QIZI
"azon.uz"dan olindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1