Sankt-Peterburgdagi ko`rgazmada Buxoro amiri Abdulahadxonning to`ni eng qimmat eksponat sifatida e`tirof etildi

Madaniyat 06.06.2018, 15:53
Sankt-Peterburgdagi ko`rgazmada Buxoro amiri Abdulahadxonning to`ni eng qimmat eksponat sifatida e`tirof etildi

Bugun Sankt-Peterburgdagi Dinlar tarixi muzeyida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma faoliyatini boshladi. Unda 100 dan ortiq arxeologik topilmalar namoyish etilyapti.

Jumladan, Surxondaryodagi Qoratepa hududida va Afrosiyob xarobalarida topilgan tarixiy ashyolar – sopol idishlar, ma`budlar haykalchalari, o`ymakor naqshlar namunalari ko`rgazmaga qo`yilgan.

Ekspozisiyaning yana bir bo`limi Buxoro yahudiylari tarixiga bag`ishlandi.

XIX asrning oxiri – XX asrning boshida tikilgan Buxoro amiri Abdulahadxonning to`ni ko`rgazmaning eng qimmat eksponati sifatida e`tirof etilmoqda.

Bundan tashqari, Rossiyaning muzeyida haykallar, fotosuratlar va qadimiy qo`lyozmalar ommaning e`tiboriga havola etilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1