Kongress O`zbekiston va Rossiya xalqlarini yaqinlashtirishni maqsad qilgan

Madaniyat 06.06.2018, 15:54
Kongress O`zbekiston va Rossiya xalqlarini yaqinlashtirishni maqsad qilgan

Bugun Sankt-Peterburgda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongressi ochildi.


Tadbir oldidan Sankt-Peterburgning etakchi muzeylarida o`zbek merosiga oid oltita ko`rgazma ochilmoqda. Bular – Rossiya etnografik muzeyi, RFAning sharq qo`lyozmalari Instituti, Kunstkamera, Rossiya milliy kutubxonasi, Din tarixi Davlat muzeyi, RFAning rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi).

8 iyungacha davom etadigan Kongressning muloqot maydonlarida O`rta Osiyo tarixi va madaniyatini o`rganish bilan shug`ullanuvchi 200 dan ziyod fanning taniqli vakillari yig`iladi. Taniqli rossiyalik olimlar, ular orasida Mixail Piotrovskiy, Irina Popova, Elena Sareva va boshqalar “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidagi albomlar taqdimoti xususida so`zga chiqishadi.

Ushbu noyob notijoriy medialoyiha Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosiga oid predmet va namunalarni kataloglashtirishga qaratilgan. Mana masalan, Rossiya olimlari va ekspertlari bilan birgalikda Ermitaj, Tretyakov galereyasi, Rossiya milliy kutubxonasi, Sharq qo`lyozmalari Instituti va boshqa muzeylarda saqlanayotgan nodir kolleksiyalar haqida hikoya qiluvchi 10 dan ziyod tom kitoblar va filmlar yaratildi.


Kongressning ilmiy qismi Oq uyda yalpi majlis ko`rinishida ochiladi. Ettita seksiyalarga bo`lingan holda O`zbekiston arxeologiyasi, tarixi, sharq qo`lyozmalari, numizmatika, to`qimachilik, dekorativ-amaliy san`at va rassomchiligi yuzasidan bahs-munozaralar o`tkaziladi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1