AsosiyJamiyat

Samarqandlik tadbirkor mahalladoshlariga tekinga non tarqatmoqda

'Samarqandlik tadbirkor mahalladoshlariga tekinga non tarqatmoqda'ning rasmi

Samarqand shahridagi «Muliyon» mahallasida yashovchi tadbirkor haftada bir marta mahalladoshlariga 700-800 ta non tarqatib kelmoqda.

«Samarkandskiy vestnik» nashrining yozishicha, uni har juma 30-umumta`lim maktabi yonida ko`rish mumkin. 23 yoshli Samar tadbirkorlik bilan shug`ullanadi, sexida non mahsulotlari tayyorlaydi.

"O`zidan boshqani o`ylamaydigan va boshqalarga beg`araz yordam berishni istamaydigan odamlar menga yoqmaydi”, deydi Samar. “Savob qilganda insonning o`zi o`zgaradi, u yanada yaxshi odamga aylanadi. Ezgu ishlarni keyinga qoldirish kerakmas, har bir kishi boshqaga ko`maklashib dunyoni yaxshi tomonga o`zgartirishi mumkin. Buning turli amallari bor. Masalan, binodan chiqayotganda kimgadir eshikni ochib berish, do`kondagi navbatda kimnidir oldinga o`tkazib yuborish, do`stga sovg`a yo`llash, avtobus yoki tramvayda joy berish mumkin va hokazo. Menimcha, boshqalarga yordam berganda, hayot yanada yaxshilanadi”, - deydi tadbirkor.

    Boshqa yangiliklar