1

Cankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan Kongress davom etmoqda

Madaniyat 07.06.2018, 15:06
Cankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan Kongress davom etmoqda

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro Kongressi o`z ishin boshladi. Rossiya Fanlar akademiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Olimlar uyida ushbu tantanaldi ravishda ochildi.

Eslati o`tamiz, mazkur xalqaro anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimiz xalqimizning boy madaniy merosini chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga qaratilgan oqilona siyosatidan kelib chiqib, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda.

Kuni kecha Sankt Peterburgdagi bir qator muzeylar va madaniy muassasalarda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmalar ochilgan edi. Anjumanda ta`kidlanganidek, bu ko`rgazmalar Rossiyada o`tadigan Futbol bo`yicha Jahon chempionati kunlarida ham o`z ishini davom ettiradi va minglab xorijlik futbol muxlislari uchun xalqimiz madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Marosimda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Oqilova, mamlakatimizning Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori Roiq Bahodirov, YuNESKOning Markaziy Osiyodagi klaster byurosi rahbari Krista Pikkat va boshqalar O`zbekistonning madaniy merosini tadqiq etish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar xususida to`xtalib o`tishdi.

Tadbirda so`zga chiqqan xorijlik olimlar va ekspertlar O`zbekistonda bu borada olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq ekani O`zbekistonning bu yo`nalishdagi tajribasini xalqaro miqyosda ommalashtirish lozimligini ta`kidlaadilar.

Kongress kun davomida sho``balarga bo`lingan holda o`z ishini davom ettiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1