Polshaning Podkarpatsk voevodaligida engil motorli samolyot avtomobil yo`liga majburiy qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Guvohlarning ma`lumot berishicha, A4 avtomobil yo`lida harakatlanayotgan haydovchilar yo`lga samolyot qo`nganligini ko`rib, hayratga tushishgan. Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, samolyot dvigateli ishdan chiqqan. U Jeshuv-Yasenka aeroportidan uzoq bo`lmagan joyga qo`ngan.
Samolyot aviamaktabga tegishli bo`lgan. Qutqaruv xizmati yonlg`i oqib ketmaganligini tekshiruvdan o`tkazmoqda. Favqulodda hodisa haqida aviahalokatlarni tergov qiluvchi komissiyaga xabar berilgan. Yo`lning bir tomonini yopib qo`ygan samolyotni mazkur komissiyaning ruxsatisiz chetga olib bo`lmaydi.






