AsosiyDunyo

Shvesiya sudi Akilovga umrbod qamoq jazosini tayinladi

'Shvesiya sudi Akilovga umrbod qamoq jazosini tayinladi'ning rasmi

2017 yilning aprelida yuk mashinasi yordamida terakt sodir etgan 40 yoshli Rahmat Akilovga sud umrbod qamoq jazosini tayinladi.

O`shanda terakt oqibatida 5 kishi halok bo`lgandi, deya xabar beradi RBK nashri.

Sud uni terakt sodir etganida joriy yilning fevralida aybdor deb topgandi. O`sha payt sudlanuvchi IShIDni qo`llab-quvvatlashini tan olgani hamda buni boshqa dalillar ham isbotlagani aytilgandi.

Shuningdek, IShIDga qarshi xalqaro koalisiyaga qo`shilgani uchun Shvesiyadan qasos olish sudlanuvchining maqsadi bo`lgani ta`kidlangandi.

Eslatib o`tamiz, 2017 yilning 7 aprelida yuk mashinasi ko`chada ketayotgan odamlarni bosib ketgan. Oqibatda 5 kishi halok bo`lib 15 kishi jarohatlangan.

Expressen ma`lum qilishicha, u Shvesiyaga Samarqanddan borgan. Evropa mamlakati unga qochqin mavqeini berishni rad etgan.

    Boshqa yangiliklar