Germaniyada yashovchi turkiyalik fuqarolar Turkiya prezidentini saylash uchun ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Germaniyada istiqomat qilayotgan 3 milliondan ortiq turklarning 1,4 million nafari saylov blyutenlarini to`ldirib bo`lishgan. Qolganlar esa 19 iyunga qadar jarayonda ishtirok etishlari mumkin. Saylovchilarga ovoz berishlari uchun maxsus saylov punktlari tashkil etilgan.
Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Turkiyada prezident saylovlari joriy yilning 24 iyun kuni bo`lib o`tadi.






