8–9 iyun kunlari Kanadaning Kvebek shahrida G7 sammiti bo`lib o`tishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Rambler nashri.
Biroq mamlakat aholisi ushbu sammitni o`tkazilishiga qarshi namoyishlar o`tkazishmoqda.
Yuzlab odamlar Kvebek shahri ko`chalariga chiqib, sammitning o`tkazilishiga va unga tashrif buyuradigan davlat rahbarlariga qarshi namoyishlar o`tkazishmoqda. Ular uchrashuvni o`tkazish uchun katta miqdorda mablag` sarflanayotganiga qarshi ekanliklarini ta`kidlashmoqda. Ko`p sonli aholi vakillari turli yozuvlar tushirilgan plakatlar ko`tarib olishgan. 10 mingdan ortiq harbiylar xavfsizlik uchun jalb qilingan bo`lib, buning uchun millionlab dollar miqdorda mablag` sarflangan.
– Biz askarlarga behudaga pul sarflanyapti, deb hisoblaymiz. G7 sammitida moliya, iqtisod kabi masalalar muhokama qilinyapti, biroq ular odamlarning moliyaviy ahvoli haqida o`ylamaydilar. Tinchlik xaqida gapiradilar, ammo Suriyadagi urushni to`xtatishga chora ko`rmaydilar, – deydi namoyishchilardan biri.
Mazkur sammitda AQSh, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Italiya kabi mamlakatlar rahbarlari hamda Evroitiffoqning bir qancha a`zolari ishtirok etishadi. Hozirda barcha ishtirokchi rahbarlar sammitda qatnashishi uchun Kvebek shahriga etib kelishgan. Unda global savdo, migrasiya masalasi va atrof-muhit muhofazasi kabi masalalar muhokama qilinadi.






