Gvatemalada Fuego vulqonining otilishi oqibatida halok bo`lganlar soni 109 kishiga etdi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Olingan eng so`nggi xabarlarga qaraganda, deyarli 110 kishi qurbon bo`lgan bo`lsa, bedarak yo`qolganlar soni 192 kishiga etgan. Jarohat olganlar soni esa taxminan 300 kishiga etgan. Odamlar bedarak yo`qolgan yaqinlarini o`likxonalar va boshqa joylardan izlashmoqda.
– Men uch nabiramdan ayrildim. Ularning yoshi 17,19 va 22 da edi. 38 yoshli qizimga esa nima bo`lganini bilmayman. U bedarak yo`qolganlar ro`yxatida. Ichimdagi azobni ta`riflab berolmayman. Oilam deyarli yo`q bo`lib ketdi, – deydi jabrdiydalardan biri.
Portlashlarning yangi seriyasi boshlangani tufayli ayrim hududlar lava yomg`iri ostida qolmoqda. Shu tufayli bir nechta shaharlarda xavfning qizil darajasi e`lon qilingan. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari qidiruv hamda qutqaruv ishlariga ko`mak bermoqda.






