Olimpiada chempioni Hasanboy Do`smatov Qozog`istondagi musobaqda hindistonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo`ydi, deb xabar berdi Olamsport nashri.
Ushbu mag`lubiyatdan so`ng Do`smatov o`z fikrini shu tarzda bildirdi:
"Meni qo`llab-quvvatlayotganlar, boringizga shukr! Tanqid qilayotganlarga esa alohida rahmat. G`alaba qozongan vaqtimizda yaxshi gaplarni ko`p eshitganmiz, faxrlanganmiz o`zimizdan. Yutqazib qo`yganimizda esa bu tanqidlarga chidash vazifamiz", - deya xabar qoldirgan Olimpiada chempioni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.






