AsosiySport

Hasanboy Do`smatov kutilmaganda mag`lub bo`ldi,to`rt nafar bokschimizda g`alaba

'Hasanboy Do`smatov kutilmaganda mag`lub bo`ldi,to`rt nafar bokschimizda g`alaba'ning rasmi

Qozog`istonning Astana shahrida boks bo`yicha Qozog`iston prezidenti kubogi uchun musobaqa davom etmoqda, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Kecha o`tkazilgan janglar ichida kutilmagan natija Hasanboy Do`smatov ijrosidagi jangda bo`ldi. Hamyurtimiz kutilmaganda hindistonlik Lalbiakkima Nutlaiga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Shuningdek, Sanjar Tursunov ham mezbon bokschi Anton Pinchukka mag`lub bo`ldi.

Shahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldorov, Aliyor Noraliev, Isroil Madrimov kabi bokschilarimiz esa g`alaba qozonib, yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritishdi.

    Boshqa yangiliklar