1

Ro`zaning tanamizga ta`sirini bilasizmi?

Salomatlik 10.06.2018, 14:03
Ro`zaning tanamizga ta`sirini bilasizmi?

Musulmonlar Ramazonda sahardan shomgacha ro`za tutishadi. Buning inson organizmiga ta`siri qanday?

So`nggi yillarda Ramazon shimoliy yarimshar mintaqasida yoz oylariga to`g`ri kelmoqda (bu yil Ramazon Britaniyada 16 maydan boshlanishi kutilmoqda). Bu oylar davomida kunduzi uzoqroq, ob-havo esa issiqroq bo`ladi.

Bu esa ba`zi mamlakatlar, masalan, Norvegiyada odamlar kelayotgan Ramazonda kuniga 20 soatga qadar ro`za tutadilar, deganidir.

Ro`za tutish sog`liq uchun foydalimi? Quyida 30 kun ro`za tutganingizda tanangizda qanday o`zgarishlar yuz berishi haqida bilib olishingiz mumkin.Har yili Er yuzidagi millionlab musulmonlar Ramazonning bir qismi sifatida 30 kun davomida kun chiqqandan to quyosh botgunga qadar ro`za tutadilar.

Foto mualliflik huquqi Getty Images Image caption Ro`za paytida organizmingiz quvvat uchun birinchi jigarda yig`ilgan shakarni ishlatadi

Eng qiyin qism – ilk ikki kun

Tibbiyot nuqtayi-nazaridan so`nggi ovqatdan sakkiz soat yoki shunga yaqinroq vaqt o`tmagunga qadar tanangiz «ro`zadorlik holati»ga kirmaydi. Bu vaqt atrofida ichaklar ovqatdagi oziq moddalarni so`rib olish jarayonini yakunlayotgan bo`ladi.

Oziq moddalar ichaklar orqali so`rib olingandan so`ng tanamiz jigar va mushaklarda to`plangan glyukozadan quvvat olishga harakat qiladi.

Ro`zaning so`nggi qismlarida, glyukoza tugagandan so`ng, tanada yig`ilgan yog` quvvatning navbatdagi manbayi bo`lib xizmat qiladi.

Foto mualliflik huquqi Getty Images Image caption Ramazonning ilk kunlari qiyinroq kechadi, ammo organizm ochlikka tezda ko`nikadi

Tana yog` bilan oziqlana boshlaganda vazn va xolesterin miqdori kamayadi, qandli diabetga chalinish ehtimoli pasayadi

Ammo qonda shakar miqdorining tushib ketishi holsizlik va lanjlikka sabab bo`ladi.

Ro`za tutayotgan paytingiz bosh og`rig`i va aylanishi, ko`ngil aynishini his qilishingiz, nafasingiz siqishi mumkin.

Bu vaqtda tanangizdagi ochlik hissi o`zining eng yuqori cho`qqisiga chiqadi.

Suvsizlanishdan ehtiyot bo`ling – 3-7 kun

Tanagiz ro`za tutishga moslasha borgan sari yog`lar cho`kib, qondagi shakarga aylanadi. Ro`za tutish davomida yo`qotilgan suyuqlik miqdori iftorlik va og`iz yopish orasida qayta to`ldirilishi lozim. Aks holda terlash hisobiga tana suvsizlanib qoladi.

Iste`mol qilinayotgan taomlarda uglevod va yog`lar kabi quvvat beruvchi moddalar etarli darajada bo`lishi zarur. Shuningdek, oziq moddalar, jumladan, oqsillar, tuzlar va suvning iste`mol qilinayotgan taomdagi miqdori o`zaro muvozanatda bo`lishi ham muhim.

Foto mualliflik huquqi Getty Images Image caption Ro`za payti suv ichish muhim, ayniqsa, yoz oylarida

Ro`za tutishga o`rgana boshlaysiz – 8-15-kun

Uchinchi bosqichga kelib, tanangiz ro`za tutishga to`la o`rganib qolgandan so`ng kayfiyatingizda ham yaxshi o`zgarishlar paydo bo`la boshlaydi. Kembrijdagi Addenbruk kasalxonasining anesteziya va intensiv davolash bo`limi konsultanti bo`lib ishlovchi doktor Razin Ma`rufga ko`ra, ro`za tutishning boshqa afzalliklari ham mavjud.

"Odatiy turmush tarzida biz yuqori kaloriyali ovqatlar tanovvul qilamiz va bu hol tanamizning ba`zi vazifalarni, masalan, o`zini-o`zi qayta tiklash amaliyotini ado etishida halal beradi".

Foto mualliflik huquqi Getty Images Image caption Ko`p kaloriya iste`mol qilish organizmning infeksiyaga qarshi kurashishini qiyinlashtiradi

"Ro`za tutish davomida anchayin engillashgan tana boshqa funksiyalarga o`z e`tiborini qaratish imkoniga ega bo`ladi. Shunday qilib, ro`za tutish tananing o`zini-o`zi davolash xususiyatlari, shuningdek, infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatiga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadi".

Ichni tozalash – 16-30 kun

Ramazonning so`nggi qismida tanangiz ro`za tutishga butunlay ko`nikib bo`ladi. Bu vaqtga kelib yo`g`on ichak, jigar, buyrak va terilarda tozalanish jarayoni boshlanib ketadi.

"Ro`za tutish orqali o`z-o`zini tozalab olgan organlar o`zining faoliyatini to`liq tiklab oladi. Xotirangiz va diqqatni jamlash qobiliyatingiz yaxshilanib, o`zingizni bardam seza boshlaysiz", -deydi doktor Ma`ruf.

Doktor Ma`rufga ko`ra, davomli ochlik ozishning yaxshi yo`li emas

"Tanangiz quvvat olishda oqsillarga qaram bo`lib qolmasligi kerak. Bu manzara tana o`ziga xos 'ochlik holati'ga kirganda va mushaklardan quvvatlana boshlaganda yuzaga keladi hamda bir necha kundan bir necha haftaga qadar davom etadi".

"Ramazon ro`zasi faqat kun chiqqandan botganga qadar davom etgani sababli bizda tanamizni quvvatga boy ozuqalar va ichimliklar bilan to`ldirib olishga etarlicha imkon bo`ladi. Bu mushaklarni qurib ketishdan saqlaydi. Bundan tashqari vazn tashlashga ham yordam beradi".

Shunday qilib, ro`za tutish sog`liq uchun foydalimi?

Doktor Ma`ruf ha, deydi. Ammo ba`zi narsalarni e`tiborga olib qo`ymoq zarur.

"Biz tanovvul qilayotgan taomlarimizga e`tiborni oshirganimiz sababli ro`za tutish sog`liq uchun foydali. Biroq bir oylik ro`za foydali bo`lsada, uni davomiy tutish tavsiya etilmaydi".

"Davomiy ro`za tutganda tanangiz yog`ni eb bo`lib, quvvat olish uchun mushaklarga e`tibor qarata boshlaydi. Bu esa yaxshi emas".

Foto mualliflik huquqi Getty Images

Doktor Ma`ruf Ramazondan tashqari paytlarda qisqa ro`za yoki 5:2 formatdagi parhez (haftada ikki kun ro`za tutish, qolgan kunlari oson hazm bo`ladigan taomlar eyish) tutish oylarga cho`ziladigan ro`zaga yaxshi muqobil bo`ladi, deydi.

"Ramazon ro`zasida har kuni quvvatga boy ozuqa iste`mol qilishga e`tibor berish zarur. Shundagina tanangiz hayot uchun muhim bo`lgan mushak to`qimalarini eb yubormaydi".

muslim.uzdan olindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1