Ekaterinburglik motobatalon inspektori baykerni quvayotib qattiq shikastlandi, deya ma`lum qilmoqda Vesti nashri.
36 yoshli ekaterinburglik inspektor baykerning ortidan quvayotgan edi. Katta tezlikda kelgan motosikl uchta mashinaga urilib, inspektor uchib tushgan. Oqibatda inspektorning bosh miyasi qattiq shikastlandi.
Tezlikni oshirgan bayker esa qochishga ulgurib qoldi.






