Braziliya polisiyasi uch yildan beri qidiruvda bo`lgan giyohvand moddalar sotuvchisi qo`lga odi, deb ma`lum qilmoqda Daily Mail nashri.
39 yoshli Jan Gomesh Chiolaning turar joyi haqida anonim signal olgan polisiya xodimlari Makaibadagi uyga bostirib kirishdi. Uyda Chiolaning 20 yashar o`g`li ham bor ekan. Polisiyachilar karavot tagidagi ajralib turgan beton plitani lom bilan ochib qarashganda kichikroq teshik borligini aniqlashdi. Teshikdan esa qidiruvdagi jinoyatchi chiqib keldi.
Jinoyatchining uyi qamoqxonadan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ushbu qamoqxonada Chiola 2015 yili qochgan edi. Buning u 35 nafar mahbuslar bilan eni 55 santimetrli tunnel qazishgan.
Shu yilning oxirida Chiola va uning o`g`li sud qilinishi kutilmoqda.






