AsosiyShou-biznes

Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi

'Jahon yulduzlari Xulio Iglesias va Yanni Xrisomallis Toshkentda konsert beradi'ning rasmi

Jahonga mashhur Xulio Iglesias o`zining yubiley turnesini O`zbekistondan boshlaydi, deb yozadi «MyDay».

Xonanda 10 sentyabr kuni Toshkentda konsert bergach, Dubay va Tel-Avivga yo`l oladi.

13 oktyabrda esa «Xalqlar do`stligi» saroyida yunon bastakori va dirijyori Yanni Xrisomallis konsert dasturi bilan mehmon bo`ladi.

Yanni jahonning eng mashhur instrumental musiqasi ustalaridan biri hisoblanadi. Uning albomlari Evropa xit-paradlarining kuchli yigirmataligidan o`rin oladi. Taniqli san`atkor Londondagi «Royal Albert Hall» va Mexikodagi «Auditorio Nacional» kabi saroylarda konsert bergan.

    Boshqa yangiliklar