KXDR etakchisi Kim Chen In 12 iyun kuni AQSh prezidenti bilan uchrashish uchun Singapurga etib keldi.
Uni mezbon davlat tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan kutib olgan. Kim Chen In tashrifi davomida Singapur bosh vaziri Li Syan Lun bilan uchrashdi. Mazkur muloqot Channel News Asia telekanalida to`g`ridan-to`g`ri translyasiya qilingan.
Shimoliy Koreya rahbari Li Syan Lunga AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tarixiy sammitni tashkil etishda yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Ma`lumot uchun, mazkur sammitni o`tkazish uchun 20 million AQSh dollari sarflangan. Bu haqida Straits Times nashri xabar berdi.
Li Syan Lun Singapur mazkur xarajatlarni to`lashga tayyor ekanligi, sababi uchrashuv mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni o`rnatishda nihoyatda muhim ekanligini ta`kidlagan.
“Bizni uchrashuv o`tkaziladigan joy sifatida tanlashlari AQShning ham, Shimoliy Koreyaning ham Singapur bilan o`zaro munosabatlari, shuningdek, bizning xalqaro jamoatchilikda tutgan o`rnimiz haqida so`zlaydi”, - dedi Li Syan Lun.
AQSh va KXDR rahbarlari o`rtasidagi muzokaralarda Koreya yarim orolini denuklerizasiya qilish hamda Shimoliy Koreya yadro quroli masalasi asosiy mavzuga aylanishi kutilyapti.






