Xabarovsk (Rossiya)da “Nash vbor 27” (“Bizning tanlov 27”) ko`rgazma yarmarkasida osh pishmasidan Moskvadagi mavzoleyga singari uzun navbat yig`ildi.
Barcha “Samarqand” restorani oshpazlari palovni qanday tayyorlanayotganini qiziqish bilan tomosha qildi, deb yozmoqda "Zarafshon" nashri.
- Palovga 100 kg uruch, 100 kg sabzi, 20 litr yog`, 65 kilogramm qo`y va mol go`shti solindi, deydi Butun jahon o`zbek uyushmalari kongressi muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi Rahim Islomov. – Biz 3 mingdan ortiq kishiga palov ulashdik.
Bosh oshpaz G`ulomiddin Islomov yig`ilganlarga Samarqand oshi nimasi bilan farq qilinishini tushuntirdi.
Ko`rgazma-yarmarkada boshqa xalqlar taomlari ham mehmonlarga tortildi.