Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida Royal Air Force Red Arrows uchuvchilari ishtirokida “ranglar jangi” tadbiri bo`lib o`tdi, deb xabar berdi RIA novsti nashri.
Ushbu tadbir Britaniya qirolichasi Elizavetaning tavallud ayyomi munosabati bilan tashkil etildi. Uni tomosha qilish uchun ko`p sonli mahalliy aholi vakillaridan tashqari, qirollik oilasi vakillari ham ishtirok etishdi.
Samolyotlar parvoz chog`ida o`zidan rangli tutun qoldiradi. Bu jarayon britaniyaliklarning sevimli marosimi hisoblanadi va u har yili muntazam ravishda o`tkaziladi.






