Filippinda yuk mashinasi skuterchining boshini bosib ketdi, deya xabar bermoqda Layf nashri.
Tor yo`lda skuterchi bordyur va yuk mashinasining orasidan o`tib ketishga harakat qiladi. Ammo bordyurga urilib, yuk mashinasining g`ildiragi tagiga boshi bilan tushadi. Yuk mashinasi uning boshini bosib o`tib ketgach esa skuterchi hech narsa bo`lmaganday o`rnidan turib ketadi.
Hayriyatki, skuterchining boshida shlem bor ekan.






