Germaniya terma jamoasining 70 yoshli muxlisi Gubert Virt futbol bo`yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun traktorda Rossiya tomon yo`lga chiqdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
U traktoriga tirkama sifatida pivo bochkasi ko`rinishidagi uyini qo`shib olgan. Uyda yotoq uchun maxsus joy va oshxona o`rin olgan.
Gubert Virt safarini 15 may kuni boshlagan bo`lib, u 14 iyunga qadar Moskvaga etib olishni ko`zlamoqda. U allaqachon Polsha chegarasini kesib o`tib, Belarus hududiga qadar etib kelgan.

Uning traktori Lanz Bulldog 1936 yilda ishlab chiqarilgan bo`lib, soatiga 15-20 km tezlikda harakatlanadi. Virt sutkasiga 100 kilometr atrofida masofani bosib o`tmoqda. Virtga uning sevimli iti — taksa turiga mansub Xeks laqabli kuchukcha hamrohlik qilmoqda.
Qayd qilinishicha, nemis pensioneri 20 yildan buyon traktorida sayohatga chiqishni odat qilgan. U nafaqaga chiqquniga qadar Mersedes kompaniyasida mexanik sifatida ishlagan.







