Sindaodagi festivalda o`zbek kinofilmlari namoyish etiladi

Madaniyat 12.06.2018, 14:27
Sindaodagi festivalda o`zbek kinofilmlari namoyish etiladi

“O`zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 12-17 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar kinofestivalida o`zbek kinofilmlari ham namoyish etiladi.

Hozircha, festival tashkilotchilariga “Yo`l bo`lsin” va “Merosxo`r” badiiy filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta`minlangan holda taqdim etildi. Tashkilotchilar tomonidan yuborilgan ma`lumotlarga binoan ushbu filmlar festival hayat a`zolari tomonidan tanlab olinib, festivalning asosiy dasturida namoyishga tavsiya etilgan.

Shuningdek, festival doirasida 14-15 iyun kunlari “ShHTga a`zo davlatlar kinofestivali ishtirokchilari kinobozori” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo`lib, ushbu tadbirda Xitoyning nufuzli kinokompaniyalari va media tashkilotlari ishtirokida filmlar prokatini ta`minlash va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir davomida har bir ishtirokchi mamlakatga povilonlar ajratilib, milliykinematografiya namunalarini ShHTga a`zo mamlakatlar hududlarida namoyish etish imkoniyatlari o`rganilib, tegishli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1