Afg`oniston poytaxti Qobulda portlash sodir etildi, deb xabar qildi Ren.tv nashri.
Voqea oqibatida 13 nafar inson halok bo`lgani xabar qilinmoqda.
Portlash xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, u Qobulning Dorulomon tumanida shaharlarni tiklash va mamlakatni rivojlantirish vazirligi binosi yaqinida o`zini portlatgan. Hodisa tufayli 13 kishi qurbon bo`lgan, yana 30 nafar inson turli darajada tan jarohati olgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, portlash vaqtida vazirlik xodimlari binodan chiqayotgan edi.
Terrorchi binoning kirish qismiga kelgan va portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Ushbu xunrezlik uchun javobgarlikni Islomiy Davlat terrorchilik guruhi o`z zimasiga olgan. Xujum oktyabr oyida bo`lib o`tadigan saylovlar oldidan mamlakatda xavfsizlikni kuchaytirishga bo`lgan guruhning munosabati sifatida uyushtirilgani xabar qilinmoqda.






