Ta`lim sohasidagi qonunchilik bo`yicha o`tkazilgan onlayn muloqotda juda ko`plab savollar maxsus sirtqi bo`limlar uchun qabul qaysi ta`lim muassasalarida tashkil etilishi haqida bo`ldi.
Shu munosabat bilan Adliya vazirligining matbuot xizmati qaerlarda maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etilganligi haqida quyida ma`lumot berdi.
Prezidentnig 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22 ta oliy ta`lim muassasasida maxsus sirtqi bo`limlar tashkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765 ta etib belgilandi.
Ularning 11 750 tasi to`lov-kontrakt, 15 tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.
Xususan quyidagi oliy ta`lim muassasalarida ko`rsatilgan kvota bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlarga talabalar qabul qilinadi:
- Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filali — 310);
- Andijon davlat universiteti — 750;
- Buxoro davlat universiteti — 720;
- Guliston davlat universiteti — 600;
- Qarshi davlat universiteti — 690;
- Namangan davlat universiteti — 750;
- Samarqand davlat universiteti — 750;
- Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);
- Farg`ona davlat universiteti — 690;
- Urganch davlat universiteti — 690;
- Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;
- Nukus davlat pedagogika instituti — 750;
- Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;
- Qo`qon davlat pedagogika instituti — 750;
- Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;
- Toshkent davlat agrar universiteti — 25;
- O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti — 50;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15 tasi davlat granti asosida);
- Toshkent temir yo`l muhandislari instituti — 90;
- Navoiy davlat konchilik instituti — 90;
- Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.






