AsosiyJamiyat

Termizda olti juft yigit-qizning nikoh to`yi bo`lib o`tdi

'Termizda olti juft yigit-qizning nikoh to`yi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Termiz shahridagi “Grand almaz” to`yxonasida 12-Mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda kam ta`minlangan oilalarda voyaga etgan olti juft yigit-qizning nikoh to`yi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Termiz shahar hokimligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi va boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, Yoshlar ittifoqi faollari, to`yi bo`layotgan yoshlarning yaqinlari ishtirok etdi.

Muborak Ramazon oyida o`tkazilgan mazkur nikoh to`ylari ham saxovatpesha xalqimizga xos ana shunday ezgu amallarning yorqin ifodasi bo`ldi. Serfayz va ixcham dasturxon atrofida o`tkazilgan tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar yoshlarga ibratli oila barpo etib, muqaddas qo`rg`onni asrab-avaylash yo`lida baxt tiladi. Yangi oilalar sohibu sohibalariga Termiz shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limining nikoh guvohnomasi, tashkilotchilarning qimmatbaho sovg`alari tantanali topshirildi. Termiz shahar bandlikka ko`maklashish markazi tomonidan ishga joylashtirildi.

San`atkorlar ijrosidagi kuy-qo`shiqlar barchaga bir olam quvonch ulashdi.

    Boshqa yangiliklar