AsosiyJamiyat

Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga qabul kvotalari e`lon qilindi

'Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga qabul kvotalari e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga 2018-2019 o`quv yili uchun bakalavr ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qabul kvotalari e`lon qilindi. Bu haqda "Xalq so`zi" ma`lum qiladi.

Qayd qilinishicha, bakalavr ta`lim yo`nalishlari bo`yicha umumiy 100 nafar, magistratura yo`nalishi bo`yicha 30 nafar, oliy jurnalistika kurslariga 6 nafar, umumiy 136 nafar talaba qabul qilinadi. Ulardan 33 tasi grand, 103 tasi shartnoma asosida.

O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetiga 2018 – 2019 o`quv yili uchun qabul Inha universiteti binosida bo`lib o`tadi. (Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumani, “Ziyolilar” ko`chasi, 9 –uy).

Qabul kvotalari quyidagicha:

Bakalavr ta`lim yo`nalishi (ikkita fakultet, 8ta yo`nalish bo`yicha qabullar amalga oshiriladi)

"Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar" fakulteti (umumiy 45 nafar ):

  • Internet jurnalistika yo`nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
  • Mediadizayn yo`nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
  • Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi – 15 nafar (5 ta grant, 10 ta kontrakt);
  • Mediamarketing va reklama – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt).

“Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar” fakulteti (umumiy 55 nafar ):

  • Teleradiojurnalistika yo`nalishi – 15 nafar (5 ta grant, 10 ta kontrakt);
  • Sport jurnalistikasi yo`nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
  • Xalqaro jurnalistika yo`nalishi – 10 nafar (3 ta grant, 7 ta kontrakt);
  • Jamoatchilik bilan aloqalar yo`nalishi – 20 nafar (6 ta grant, 14 ta kontrakt).

Magistratura ta`lim yo`nalishi

  • “Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakulteti (umumiy 12 nafar):
  • Internet jurnalistika mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
  • Bosma ommaviy axborot vositalari mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
  • Noshirlik ishi va muharrirlik mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
  • Mediamenejment mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt).

“Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar” fakulteti (umumiy 12 nafar):

  • Xalqaro jurnalistika mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
  • Axborot xizmatlari texnologiyalari mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
  • Televidenie va radioeshittirish mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt);
  • Siyosiy-huquqiy jurnalistika mutaxassisligi – 3 nafar (1 ta grant, 2 ta kontrakt).

Oliy jurnalistika kurslari (ma`lumoti oliy bo`lgan mutaxassislar uchun)– umumiy 6 nafar (6 ta kontrakt).

Universitetga umumiy o`rta ta`limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik to`g`risida shahodatnoma (attestat) yoki akademik lisey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bo`lgan fuqarolar tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul jarayoni boshqa OTMlardagi kabi 16 iyundan 15 iyulga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar