BAAning Dubay shahrida muqaddas Ramazon oyida miqyosi jihatidan ulkan iftorlik tashkil etildi.
Mazkur mo``tabar tadbir dasturxoni 6 kilometr uzunlikdagi stol ustiga yozilgani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Iftorlikni Dubay shahar polisiyasi tashkil qildi. Mazkur aksiya xayriya maqsadida o`tkazilib, unda Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston, Xitoy, Filippin va Osiyoning boshqa davlatlaridan kelgan ishchilar qatnashdi.
Taomlarni tayyorlash bilan 35 ta restoran va davlatning turli tuzilmalaridan 500 nafar ko`ngilli shug`ullandi. Iftorga tayyorgarlik ko`rishga qariyb 200 soat vaqt ketdi.






