AsosiyJamiyat

Davlatimiz rahbari o`g`li va nabirasi bilan bo`ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi

'Davlatimiz rahbari o`g`li va nabirasi bilan bo`ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi 'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan futbol bo`yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Vnukovo-2” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari futbol bayramiga xos ko`tarinki muhitda kutib olindi.

Taomilga ko`ra, Prezidentimizni futbol bo`yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi – bo`ri “Zabivaka” qarshi oldi.

Shavkat Mirziyoev “Mundial”ning rasmiy to`piga dastxat qo`ydi.

Davlatimiz rahbari o`g`li Miralisher va nabirasi Miromon bilan bo`ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.

Boshqa yangiliklar