AsosiyDunyo

NASA astronomlari mitti sayyorada organik moddalarning ulkan zaxirasi borligini aniqlashdi

'NASA astronomlari mitti sayyorada organik moddalarning ulkan zaxirasi borligini aniqlashdi'ning rasmi

Quyosh sistemasining asteroidlar yo`lagida harakatlanuvchi mitti sayyora - Sererada organik moddalarning juda katta miqdorda zaxirasi borligi aniqlandi.

“Geophysical Research Letters»da chop etilgan tadqiqotda qayd etilishicha, “Dawn» zondi Sereradan 2015 yilning mart oyida uzatgan ilk suratlarda olimlar kutilmagan g`aroyibotga duch keladi. Bular mitti sayyoraning Okkator krateridagi tuz eritmasini eslatuvchi sirli oq dog`lari va 4 kilometr balandlikka bo`y cho`zgan Axuna piramida tog`lari edi.

Shundan so`ng olimlar guruhi “Dawn” zondi ko`magida mitti sayyora sathini chuqurroq tatqiq qilishga kirishadi. Natijada Axuna aslida so`nib bo`lgan vulqonligi va sirli oq dog`lar Sereraning suv bug`laridan iborat omonat atmosferasi ekanligi ma`lum bo`ladi. Bundan tashqari mitti sayyoraning boshqa qismlarida haqiqiy muzliklar borligi ham aniqlangan.

Boulderning (AQSh) Janubi-G`arbiy tadqiqotlar instituti professori Xanna Kaplanning ta`kidlashicha, bu kashfiyotlarning bari Sererada er osti okeani mavjudligini tasdiqlab, olimlarni yanada chuqurroq tatqiq qilishga undaydi. Oldinda esa javob topish kerak bo`lgan savollar ko`p edi: Mitti sayyora sathidagi organik moddalar tarkibi, ular er osti okeani suvi tarkibiga ta`sir ko`rsatganmi... ummoning o`tmishdagi evolyusiyasi...

Bir necha yillik tadqiqotlardan so`ng NASA astranomlari bu savollarning ayrimlariga javob topdi. Aniqlanishicha, Serera sathining teng yarmi organik moddalar bilan qoplangan. Bu esa mitti sayyorada organik moddalarning katta zaxirasi borligidan dalolat berib, kelajakda Erga etkaziladigan namunalarda ularning tarkibini aniqlash imkoni bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar