Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan Makedoniya va Gresiya o`rtasidagi nom bilan bog`liq mojarolar yuzasidan nihoyat bir qarorga kelingan, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Makedoniya Gresiya bilan bilan o`z nomini o`zgartirish bo`yicha kelishuvga erishdi.
Ko`p yillik noroziliklar va muzokaralardan keyin ikki davlat bosh vazirlari Aleksis Sipras va Zoran Zaev bir to`xtamga keldilar. Ta`kidlanishicha, tegishli hujjatlar imzolangandan keyin Makedoniya Shimoliy Makedoniya Respublikasi deb atala boshlanadi. Bu xaqda Gresiya bosh vaziri Zoran Zaev matbuot anjumanida e`lon qilgan. Uning milliy tili makedon tili, fuqarolari esa makedoniyaliklar deb ataladi.
Makedoniyaning yangi nomi ham xalqaro, ham ikki tomonlama darajada qo`llanadi. Endi hujjatlarni ikki davlat hukumati tasdiqlashi lozim. Shundan keyin Makedoniya Evropa Ittifoqi va NATOga kirishga da`vogarlik qilish huquqini oladi. Makedoniya BMT tomonidan rasmiy ravishda Yugoslaviya Makedoniya Respublikasi deb ataladigan bo`ldi. Shu vaqtgacha ushbu masala bo`yicha muzokaralar Gresiya tomonidan bloklab kelinayotgan edi. Makedoniyaning nomlanishi bo`yicha Gresiya bilan bahs uning Yugoslaviyadan ajralib chiqqanidan keyin vujudga kelgan. Gresiyada shunday nomdagi viloyat bo`lgani sababli poytaxt Afina Makedoniyaning bu nomini tan olmagan. Muzokaralar vaqtida, shuningdek, Yuqori Makedoniya va Yangi Makedoniya nomlari ham taklif qilingan.






