AsosiyJamiyat

Prezident ruhiy kasalliklar shifoxonasini borib ko`rdi

'Prezident ruhiy kasalliklar shifoxonasini borib ko`rdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev o`tgan yili 26 iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida bo`lib, binolarni qurish va ta`mirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash bo`yicha ko`rsatmalar bergan edi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 15 iyun kuni bu erga yana kelib, bajarilgan ishlarni ko`zdan kechirdi.

Klinikada 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan, qolganlari rekonstruksiya qilinib, kapital ta`mirlangan. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etilgan, zamonaviy tashxis uskunalari o`rnatilgan.

Bu yo`nalishda ham ishlar boshlandi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Mazkur yangi klinikani respublikamizning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlang`ich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar