Bugun, 15 iyun kuni Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida 1 soat ichida 1200 nafargacha bo`lgan yo`lovchilarga xizmat ko`rsata oladigan yangi zalning ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Uznews».
Yangi terminal muhandislik-texnik uskunalar bilan jihozlangan bo`lib, bu erda «qizil» va «yashil» yo`laklar, 4 ta yuk lentasi, pasportni nazorat qiluvchi 24 ta punkt, ikkita valyuta almashtirish punktlari, ikkita «Duty free» do`koni va ikkita kafe-bar mavjud.
Ta`kidlash joiz, yangi terminalda pasport nazoratidan o`tish vaqti 7-10 daqiqagacha qisqaradi (avval bu jarayonga 15-20 daqiqa ketardi).
«Yangi zalning ochilish kunida aviakompaniya xodimlari va OAV vakillari Seul–Toshkent yo`nalishida uchib kelgan 243 nafar yo`lovchilarni kutib olishdi», deyiladi xabarda.


















