Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 iyun kuni poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 32-34 daraja issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja iliq bo`ladi.






