AsosiyJamiyat

“O`ztreyd” boshqaruvi raisi tasdiqlandi

'“O`ztreyd” boshqaruvi raisi tasdiqlandi'ning rasmi

Doniyor Sodiqovich Qodirov Tashqi savdo vazirligi “O`ztreyd” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

D.Qodirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O`zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o`tamiz, “O`ztreyd” AJ 2017 yil 26 maydagi prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy vazifasi, shu jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo`yicha yangi bozorlarni izlash va o`zlashtirish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar