AsosiyJamiyat

Toshkentda «Spark» mashinasida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

'Toshkentda «Spark» mashinasida piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

16 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida noma`lum haydovchi davlat raqami aniqlanmagan “Spark” avtomashinasini Katta Xirmontepa ko`chasida haydab ketayotib, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, Chilonzor tumanida yashovchi N.I. ismli ayolni urib yuborib, yordam ko`rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Olgan jarohatlari sabab N.I. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur yo`l-transport hodisasini sodir etgan noma`lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.

«Hurmatli fuqarolar, agar kimda-kim ushbu holatga guvoh bo`lgan yoki haydovchi va avtomashina haqida biron ma`lumotga ega bo`lsa, zudlik bilan ichki ishlar organlarining hududiy bo`limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib xabar berishingiz so`raladi. Unutmang, bu orqali siz jinoyatga jazo muqarrar ekanligiga o`z hissangizni qo`shish bilan birga, o`zingiz va yaqinlaringizni ana shunday qayg`uli voqealardan asragan bo`lasiz», - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar