AsosiyJamiyat

Toshkentda "Top-500" hamjamiyati tashkil etiladi

'Toshkentda "Top-500" hamjamiyati tashkil etiladi'ning rasmi

Kecha, 18 iyun kuni Toshkent shahrining Botanika bog`ida Toshkent shahar hokimligi va hokimiyat huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan davlat hokimiyati va xususiy sektorni o`zaro yaqinlashtirish va ular o`rtasida samarali hamkorlikni yo`lga qo`yishga qaratilgan “Top-500” forumi o`tkazildi.

Anjumanda O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchilar, elchixonalarning savdo masalalari bo`yicha maslahatchilari va biznes soha vakillari ishtirok etishdi.

"Poytaxtimizda Toshkent shahri hokimligi, investorlar va tadbirkorlar o`rtasidagi o`zaro ishonchli hamda ochiq munosabat o`rnatilishi shahrimiz taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqadi. “Top-500” forumi esa bu boradagi ilk qadam qo`yilganligining amaliy isboti sifatida tashkil etilgan. Ushbu nufuzli anjuman samarasi o`laroq poytaxtimizda tadbirkorlarning “Top-500” hamjamiyati tashkil etiladi. Bu bilan esa yaqin kelajakda Toshkent shahri Markaziy Osiyo shaharlari orasida har tomonlama etakchi o`ringa chiqishi rejalashtirilgan", - deyilgan hoqimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar