AsosiyDunyo

Londonda suv ustida ko`rgazma tashkil etildi

'Londonda suv ustida ko`rgazma tashkil etildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning London shaxridailk bora suv ustida ko`rgazma tashkil etildi, deb xabar berdi TASSnashri.

LondonningXayd Parking ko`li bo`yidaqadimgi Misr maqbarasi shaklidagi noodatiy galereya binosi barpo etildi. 20 metr balandlikdagi bino qizil, oq va moviy rangli barrellardan yaratildi.

Buning uchun7500 dan ortiq barrel idishlardan foydalanildi.Uning ichida qadimiy Misrga oid binova qabrlarning ko`rinishlari aks etgan surat hamda maketlarni ko`rish mumkin.

“Ushbu loyihadan ortiqcha ma`no qidirish kerak emas. Bu shunchaki o`ziga xos san`at uyidir. Uning barcha narsadan hamda shovqin-suronlardan uzoqligiva tabiat qo`ynida joylashgani, ko`rgazmaga tashrif buyuruvchilar uchun maroqli xordiq olishlariga yordam beradi. Tomoshabinlarning xayoli esa faqat san`at bilan band bo`ladi”, deb ma`lum qildi loyiha muallifi Kristo Javachef.

G`oya muallifi Kristo Javachef bo`lib, u bundanavval 2015 yildaNyu- Yorkda va 1995 yilda Berlinda shu kabi suv ustidagi ko`rgazmalarniyaratgan.Londondagi mazkur yangilik esa odamlarni qiziqtira oldi. Buni, uning ochilish marosimiga kelgan san`at ixlosmandlari sonidan ham bilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar