AsosiyDunyo

Fransiyada o`rta asrlarga oid qo`lyozma kim oshdi savdosiga qo`yildi

'Fransiyada o`rta asrlarga oid qo`lyozma kim oshdi savdosiga qo`yildi'ning rasmi

Bundan 500 yilmuqaddam yozilgan qo`lyozma kutilganidan ham yuqori narxga sotildi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Mazkur qo`lyozma taxminan 1495 yillarda yozilgan bo`lib,uning muallifi haqida aniq ma`lumotlar yo`q. U lotin tilida yozilgan bo`lib, uyg`onish davriga oid yozuvlarga bag`ishlangan. Shuningdek, qo`lyozma fransuz rassomi Jan Poyer tomonidan bezatilgan.

"Petau Hours of Book" nomini olgan ushbu kitob avvaliga Parij shahrida keng omma e`tiboriga taqdim etildi. Shundan so`ng, u kim oshdi savdosiga qo`yildi.Qadimiy qo`lyozma 700 ming evrogabaxolangan bo`lib, jarayon davomida uning narxi 4,29 million evrogacha ko`tarildi.

Bu auksion, noyob qo`lyozmalar kim oshdi savdosining birinchisi bo`lib, yana 7 tashu kabi savdolarni o`tkazish rejalashtirilmoqda.Badiiy xazinalar fransiyalik kolleksionerlardan biri tomonidan to`plangan. Uning vafotidan so`ng ularni kim oshdi savdoga qo`yish boshlandi.

    Boshqa yangiliklar