AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda tadbirkordan 40 million so`m xatlab olindi

'Qashqadaryoda tadbirkordan 40 million so`m xatlab olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi va majburiy ijro byurosi hamkorligida yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliqlardan qarzdorliklarini undirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

G`uzor tumanida o`tkazilgan ana shunday tadbirda “Shahzodabonu aloqa servis” qurilish korxonasi tomonidan soliqlarni o`z vaqtida to`lanmasligi natijasida korxona hisobida 85 million so`mdan ortiq qarzdorlik borligi aniqlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Tezkor tadbirlar natijasida ishchi guruh a`zolari tomonidan qarzdorlik yuzasidan majburiy harakatlar olib borildi. Xatlov tadbiri davomida korxonadan 40 million so`m naqd pul soliq qarzi uchun xatlab olindi.

Mazkur yo`nalishdagi tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar