AsosiyDunyo

Hindistonda sichqonlar bankomatdagi pullarni eb qo`ydi

'Hindistonda sichqonlar bankomatdagi pullarni eb qo`ydi'ning rasmi

Hindistonda bankomatlardan biridagi 1,23 million rupiy pulni sichqonlar qisman eb qo`ydi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Xabar qilinishicha, 20 maydan boshlab bankomat ishlamagan. Oradan bir necha kun o`tgach, xodimlar apparatni ochib, tekshirishga qaror qilishgan. Apparat ochilganda sichqonlar pullarni mayda bo`laklarga bo`lib, kemirib tashlagani ma`lum bo`ldi.

Bankomatda 2 million 948 ming rupiy pul bo`lgan. U asosan 500 va 2000 rupiylik banknotlar bilan to`ldirilgan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan polisiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar