Qozog`istonning Atirau shahrida avtobus bekatida engil mashina bekatda turgan odamlarni bosib ketdi, oqibatda 6 kishi jabrlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, YTH kecha, seshanba kuni kechqurun ro`y bergan.
“Toyota rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, bekatda turgan odamlarni bosib ketdi”, deb xabar berdi mahalliy tezkor xizmat vakili.
Jabrlangan 6 kishi viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. Ularning ikki nafari bosh-miya, boldir sinishi, qorinning yopiq jarohatlarini olishgan. Hodisa yuzasidan polisiya tergov ishlarini olib bormoqda.






