Narpay tumanida er xotini ustidan arz qilib 102 raqamiga qo`ng`iroq qildi.
«Tumanimizning «Istiqlol» mahallasida yashovchi Baxtiyor Arziqulov 102 raqamiga qo`ng`iroq qilib, qat`iy ohangda ichki ishlar xodimlarining himoya qilishlarini so`radi. Axir, Nigora Tosheva eri Baxtiyor Aliqulovni yomon urib, tan jarohati etkazibdi.
Nigora baquvvat xotin bo`lsa kerakki, erkaklar undan himoyalanish uchun chetdan madad so`rayapti», — «Paxtakor ovozi» gazetasidan iqtibos keltirdi «Zarafshon» nashri.
Nashrning yana bir xabarida boshqa bir erkak kelini ustidan shikoyat qilib 102 ga qo`ng`iroq qilibdi.
«Yonariq»lik Gulnoza Uzoqovaning erining uyida qilgan janjali qaynotasi o`takasini yorgan shekilli, o`g`li qolib, o`zi ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, kelini dastidad «dod» dedi. Ishqilib, «zaif»gina erkak zoti qattiqroq shikast emagan bo`lsa bo`ldi, deb yozadi B.Sodiqova – maqola muallifi.






