AsosiyDunyo

Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 5 kishiga etdi

'Yaponiyada zilzila qurbonlari soni 5 kishiga etdi'ning rasmi

Yaponiyadagi zilzilada qurbon bo`lganlar soni 5 kishiga etdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Qurbon bo`lganlar orasida 9 yoshli bola ham bor. 395 kishi yaralangan, tan jarohati olgan. 1,7 ming kishi hamon evakuasiya punktida qolmoqda.

Er qimirlaganiga ikki kun bo`lganiga qaramay, mazkur tumanda hamon silkinishlar to`xtamagan, ularning soni 35 taga etgan. Dushanba kuni ertalab Osaka prefekturasida 6,1 balli zilzila sodir bo`lgan. Zilzila o`chog`ining chuqurligi o`n uch kilometrni tashkil etadi.

100 mingdan ortiq oila gazsiz va elektr chirog`isiz qolgan. Zilzila temiryo`l transporti faoliyatini ham izdan chiqargan. Metro va temiryo`llar zilziladan 12 soat o`tgach, o`z ishlarini davom ettirishgan. Bu vaqtda xalqaro Kansay aeroportida samolyotlar uchishi va qo`nishi ham to`xtatilgan.

    Boshqa yangiliklar